47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va OTB turizmni rivojlantirish loyihalarini muhokama qildi

Forumda Oʻzbekiston va Osiyo taraqqiyot banki chegara punktlarini modernizatsiya qilish, mintaqaviy targʻibot va 2027–2029-yillarga moʻljallangan loyihalarni tayyorlashni muhokama qildi.

20-noyabr, 14:29По-русски

Read in English

gov.uz

Jumladan, Fargʻona vodiysi va Toshkent viloyatidagi chegara oʻtkazish punktlari haqida soʻz bordi. Tomonlar ularni modernizatsiya qilish, infratuzilmani yaxshilash hamda Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy va texnik koʻmagini jalb etish masalalarini koʻrib chiqdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarini xalqaro bozorlarda yagona turistik makon sifatida targʻib qilish gʻoyasi ham alohida yoʻnalish boʻldi. Ishtirokchilar qoʻshma marketing tadbirlarini oʻtkazish, umumiy mintaqaviy stend bilan koʻrgazmalarda qatnashish va OTB grantlarini jalb etish imkoniyatini muhokama qildi.

Shuningdek, Oʻzbekistonning turistik hududlari uchun bosh rejalar, transchegaraviy yoʻnalishlar, barqaror turizm tamoyillarini joriy etish va investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish masalalari koʻrib chiqildi. OTB 2027–2029-yillarga moʻljallangan istiqbolli loyihalar boʻyicha takliflar tayyorlamoqda; tomonlar ularda Oʻzbekiston tashabbuslarini ilgari surishni muhokama qildi.

Perrottet Partners vakili Jon Perrottet Oʻzbekistonga tashrif buyurishdan manfaatdorligini bildirdi. Tomonlar 2027-yilda turizmga investitsiyalar jalb etish boʻyicha seminar oʻtkazish imkoniyatini muhokama qildi. IPE Global vakili Sakshi Godara bilan bosh rejalar va xalqaro maslahatchilar tajribasidan foydalanish masalalari koʻrib chiqildi.