48-hafta · 2026Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

2027-yildan muddatli toʻlovdagi tovar va xizmat sotuvchilari MBda roʻyxatdan oʻtishi kerak

2027-yil 1-yanvardan oylik aylanmasi 500 mln soʻmdan ortiq, muddatli toʻlov ulushi 50% va undan koʻp boʻlgan kompaniyalar MBda roʻyxatdan oʻtishi kerak boʻladi. Loyiha 1-dekabrgacha muhokamada.

25-noyabr, 16:21По-русски

Read in English

Shutterstock

Oʻzbekistonda Markaziy bank muddatli toʻlov xizmatlari operatorlari sifatida roʻyxatdan oʻtishi talab etiladigan kompaniyalarni aniqlash tartibini ishlab chiqdi. Talab Prezidentning 14-avgustdagi PQ-294-son qarorida belgilangan.

Tovarlar, ishlar va xizmatlar aylanmasi oyiga 500 mln soʻmdan ortiq boʻlgan, bunda summaning kamida yarmi muddatli toʻlovga toʻgʻri keladigan korxonalar roʻyxatdan oʻtishi kerak boʻladi. Tovar ishlab chiqaruvchilarga bu qoida tatbiq etilmaydi. Banklar va mikromoliya tashkilotlari regulyatorning bildirishnomasi asosida reyestrga kiritiladi.

Kompaniyalar har chorakda muddatli toʻlov ulushini mustaqil hisoblaydi. Chegaradan oshilsa, ariza hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasigacha topshirilishi kerak. Soliq qoʻmitasi elektron hisobvaraq-fakturalar va onlayn kassa cheklari asosida tegishli tashkilotlarni aniqlab, maʼlumotlarni chorakdan keyingi oyning 15-sanasigacha Markaziy bankka yuboradi. Regulyator kredit byurolari maʼlumotlaridan ham foydalanishi mumkin.

Mezonlarga javob beradigan kompaniyaning roʻyxatdan oʻtmasligi qoidabuzarlik hisoblanadi. Muddatli toʻlov xizmatlari uchun bitim limiti 250 BHM, shartnoma muddati koʻpi bilan 12 oy etib belgilangan. Komissiyalar, jarimalar, penya va boshqa toʻlovlarning jami toʻlovning 50 foizidan oshmasligi kerak.