48-hafta · 2026Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Gʻishtkoʻprik punktida xalqaro avtobuslar uchun yoʻlak tashkil etildi

Gʻishtkoʻprik punktida Toshkent avtovokzalining xalqaro yoʻnalish avtobuslari uchun alohida yoʻlak ajratildi. U nazoratni tezlashtirib, kutish vaqtini qisqartirishi kerak.

26-noyabr, 16:14По-русски

Read in English

gov.uz

25 noyabr kuni Gʻishtkoʻprik chegara oʻtkazish punktida Toshkent avtovokzalidan xalqaro yoʻnalishlarda qatnaydigan avtobuslar uchun maxsus «yashil yoʻlak» tashkil etildi.

Avtobuslar umumiy navbatda kutmasdan, chegara nazoratidan belgilangan tartibda oʻtishi mumkin. Manbaga koʻra, bu yoʻlovchilarning kutish vaqtini qisqartirishi va reyslarni tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirishga yordam berishi kerak.

Rasmiylar yangilikni xalqaro yoʻlovchi tashish sohasida xizmatlar sifatini oshirish va yoʻlovchilar uchun qulayroq sharoit yaratish bilan bogʻlamoqda.