Abdumalik Nazirov Oʻzbekiston energetika vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi
Abdumalik Nazirov energetika vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Qarorni prezident Shavkat Mirziyoyev imzoladi.
24-noyabr, 12:03По-русски

Yangi tayinlovga qadar Nazirov 2025-yil noyabridan beri «Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi lavozimini egallab kelgan.
Avval u ushbu kompaniya boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan — bu lavozimga 2022-yil mayida tayinlangan. Shuningdek, Nazirov Energetika vazirligining elektr tarmoqlari boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Bundan avval energetika vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgan Umid Mamadaminov Oʻzbekiston Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori etib tayinlandi.



