GitHub GTA 6’ni kompyuterda ishga tushirishga urinishlar fonida AnyPS5 loyihasi haqidagi postni oʻchirdi
GTA 6 chiqishi fonida GitHub 58 000 ta “yulduz” toʻplagan AnyPS5 repozitoriyasini qayd etdi va oʻyinlarni boshqa qurilmalarga koʻchirish qonunga zid yoki yoʻqligini soʻradi. Post oʻchirildi.

Microsoft kompaniyasiga tegishli platforma dastlab obunachilarini GTA 6 chiqishi hamda AnyPS5 repozitoriyasi 58 000 ta “yulduz” toʻplagani bilan tabrikladi. Postda oʻyinlarni boshqa qurilmalarga koʻchirish qonuniyligi haqida ham savol berildi.
Postga AnyPS5 ishlab chiquvchisining GTA 6 chiqishiga tayyorgarlik koʻrilayotgani haqidagi xabari tushirilgan video ilova qilingan. Shu sababli nashr oʻyinni kompyuterda norasmiy tarzda ishga tushirishga urinishlarni ragʻbatlantirayotgandek koʻrinishi mumkin edi. Hozirda GTA 6 rasman faqat PS5 va Xbox Series X va S qurilmalarida mavjud.
Take-Two oʻyinni kompyuterga koʻchirishga urinishlar bilan bogʻliq uy sharoitida yaratilgan loyihalarni GitHubʼdan olib tashlashni talab qilmoqda. Kompaniya, shuningdek, Xbox Series uchun sizib chiqqan yigʻilmaning ehtimoliy qayta tiklanishi va emulyatsiyasini ham kuzatmoqda.
Take-Two rahbari Shtraus Zelnik avvalroq kompaniya sunʼiy intellekt yordamida amalga oshiriladigan teskari muhandislikka qarshi texnik himoya va huquqiy choralarni kuchaytirayotganini aytgandi. Uning soʻzlariga koʻra, norasmiy versiyalar yanada jiddiy muammoga aylanishi mumkin, biroq kompaniya vaziyat ustidan nazoratni saqlab qolishga umid qilmoqda.
Yana oʻqing

NASA saraton, mushak atrofiyasi va oʻsimlik yetishtirish boʻyicha tadqiqotlar uchun uskunalarni XKSga yuboradi
Texnologiyalar10:19
Oʻyinchilar Nvidia va AMD data-markazlarga ustuvorlik berayotganidan norozi
Texnologiyalar10:07
