Bred Pitt va Anjelina Joli vinochilik xoʻjaligi boʻyicha kelishdi
Bred Pitt va Anjelina Joli Château Miraval fransuz vinochilik xoʻjaligini sotish boʻyicha koʻp yillik nizoni suddan tashqari hal qildi. Pittning Stoli bilan nizosi davom etmoqda.

Aktyorlar vakillari 25 noyabr kuni kelishuv oila manfaatlarini koʻzlab tuzilganini bildirdi. Pitt va Joli ish hamda nomaʼlum manbalarga tayanadigan xabarlar yuzasidan bundan buyon izoh bermasligini aytdi.
Juftlik 2008 yilda Fransiya janubidagi 1 200 akrlik vinochilik xoʻjaligini nazoratiga olgan. 2013 yilda ular oʻzlarining pushti vinosini sotishni boshlagan, bir yil oʻtib esa Château Miravalda turmush qurgan. 2016 yilda ajrashish uchun ariza berilganidan soʻng, ular oʻrtasida biznes boʻyicha nizo kelib chiqqan.
2022 yilda berilgan daʼvoda Pitt Joli oʻz ulushini rossiyalik tadbirkor Yuriy Sheflerga tegishli Stoli guruhining Tenute del Mondo vino boʻlinmasiga uning roziligisiz sotganini aytdi. Aktyorning versiyasiga koʻra, sobiq er-xotin bir-birining roziligisiz ulushlarni begonalashtirmaslikka kelishgan.
Joli Pittning roziligini olish shartligini rad etib, qarshi daʼvosida uni «qasoskorona urush» olib borishda aybladi. Uning advokatlari, shuningdek, Joli maxfiylik toʻgʻrisidagi kelishuvni imzolashga rozi boʻlmagach, Pitt uning ulushini sotib olishdan bosh tortganini bildirdi. Pittning Stoli bilan alohida nizosi Joli bilan tuzilgan kelishuvdan keyin ham yakunlanmagan. Aktyorlarning ajrimi 2024 yil dekabrida rasman yakunlangan.
Yana oʻqing

Jon Lennon 1968-yilgi avval eʼlon qilinmagan The Beatles suratlarida saksofon chalmoqda
Madaniyat09:53
Disney «Avatar 4» va «Avatar 5» yaratilishini tasdiqladi — filmlar chiqadi
Madaniyat26-noyabr, 16:48
