Arianespace Amazon Leo sunʼiy yoʻldoshlarini orbitaga chiqardi
24 noyabrda Ariane 6 raketasi Kuru kosmodromidan uchib, Amazon Leoʻning 36 sunʼiy yoʻldoshini koinotga olib chiqdi. Soʻnggi apparat taxminan ikki soatdan keyin ajralishi kutilgandi.

Amazon LE-04 deb ham atagan VA271 missiyasi Arianespaceʼning ushbu internet guruhlanmasi uchun toʻrtinchi uchirishi va Ariane 6’ning oʻninchi parvozi boʻldi. Missiyada tashuvchining eng kuchli varianti — toʻrtta P160C qattiq yonilgʻili tezlatkichga ega Ariane 64 ishlatildi.
Uchirish Amazonʼning boshqa yetkazib beruvchilaridagi muammolar fonida amalga oshdi. United Launch Alliance kompaniyasining Vulcan raketasi avariyadan soʻng Leo sunʼiy yoʻldoshlarini orbitaga chiqara olmadi. Blue Origin kompaniyasida esa Amazon uchun moʻljallangan New Glenn raketasining toʻrtinchisi BE-4 dvigatellari sinovi vaqtida portladi; bortda sunʼiy yoʻldoshlar boʻlmagan. Kompaniya parvozlarni 2027 yil boshida tiklashni kutmoqda.
VA271 muvaffaqiyatli yakunlangach, Arianespace orbitaga chiqargan Amazon Leo sunʼiy yoʻldoshlari soni 136 taga, guruhlanmaning orbitadagi jami apparatlari soni esa 432 taga yetadi. Birinchi avlod tizimi 3232 ta sunʼiy yoʻldoshdan iborat boʻlishi kerak. AQSh Federal aloqa komissiyasi qaroriga koʻra, Amazon uni 2029 yil 30 iyulgacha toʻliq joylashtirishi shart.
Yana oʻqing

NASA saraton, mushak atrofiyasi va oʻsimlik yetishtirish boʻyicha tadqiqotlar uchun uskunalarni XKSga yuboradi
Texnologiyalar10:19
GitHub GTA 6’ni kompyuterda ishga tushirishga urinishlar fonida AnyPS5 loyihasi haqidagi postni oʻchirdi
Texnologiyalar10:10
