“Chernyayevka” oʻtkazish punkti qariyb ikki yillik rekonstruksiyadan soʻng yana ishga tushdi
Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasidagi “Gʻishtkoʻprik — Jibek Joli” punkti 25 noyabr kuni soat 16:00 dan boshlab fuqarolar uchun rekonstruksiyadan soʻng ochiladi.
25-noyabr, 16:09По-русски

Chegarani ushbu punkt orqali har ikki yoʻnalishda kesib oʻtish mumkin boʻladi. Soat 16:00 gacha u yerda ikki davlat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida tantanali tadbirlar oʻtkaziladi.
Modernizatsiyadan soʻng punkt sutkasiga 70 ming nafargacha, tigʻiz paytlarda esa 100 ming nafargacha odamni oʻtkaza oladi.
Oʻtish joyi 2025 yil 5 fevralda yopilgan. Rekonstruksiyani toʻrt oy ichida yakunlash rejalashtirilgan edi, biroq muddatlar bir necha bor koʻchirildi.



