35 yoshli Brayan Ortega MMA faoliyatini tark etishini eʼlon qildi
UFCning yarim yengil vazn toifasida sobiq titul daʼvogari Brayan Ortega Qatarda Den Hukerga yutqazgach, professional MMA faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi.
23-noyabr, 13:20По-русски

championat.com
Ortegani UFC yengil vazn reytingida 14-oʻrinda turgan yangi zelandiyalik Den Huker magʻlub etdi. Jang UFC Fight Night 294 turnirida boʻlib oʻtdi.
Jangdan keyingi intervyuda Ortega avval unga turtki bergan nafrat va gʻazabni endi his qilmayotganini, faoliyati shu bilan yakunlangan deb hisoblashini aytdi.
35 yoshli amerikalikning professional rekordi — 16 gʻalaba, olti magʻlubiyat va bitta natijasiz jang. U uchta gʻalabasini nokaut bilan qoʻlga kiritgan. Ortega 2010-yil 25-aprel kuni Gladiator Challenge turnirida debyut qilgan.



