48-hafta · 2026Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

«Biz mehribon boʻlib tugʻilamiz» Golden Horseʼda eng yaxshi film va ssenariy mukofotlarini oldi

Gonkonglik rejissyor va ssenariynavis Yon Lyong-chxyunning We Are Born Good dramasi Golden Horseʼda eng yaxshi film va original ssenariy deb topildi.

24-noyabr, 11:59По-русски

Read in English

deadline.com

Golden Horse mukofotining 63-marosimi 22 noyabrda Taybeyda oʻtdi. We Are Born Good restorandagi voqeadan keyin ikki kishi oʻrtasida yuzaga kelgan ziddiyat haqida. Filmning xalqaro savdolari bilan Edko Films shugʻullanadi.

Tayvanlik rejissyor Jozef Syuy Chenchzening Double Happiness filmi eng yaxshi erkak aktyor, montaj va tomoshabinlar tanlovi uchun mukofotlandi. Komedik drama qahramoni ajrashgan ota-onasi uchun bir kunda alohida ikkita toʻy oʻtkazishga urinadi.

The Violinist eng yaxshi toʻliq metrajli animatsion film va moslashtirilgan ssenariy, Shu Qining Girl filmi esa eng yaxshi rejissyorlik debyuti va FIPRESCI mukofotlarini oldi. Afterpiece filmidagi roli uchun Andjela Yuen eng yaxshi aktrisa deb topildi. Weʼre Nothing At All filmidagi roli uchun Anson Kong Yipsan eng yaxshi ikkinchi darajali erkak aktyor, Sunshine Womenʼs Choir filmidagi roli uchun Judi Ong esa eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa boʻldi.

Kung Fu vizual effektlar, grim va liboslar hamda ekshn sahnalarini sahnalashtirish uchun uchta texnik mukofot oldi. Golden Horse xitoy tilidagi kino uchun eng nufuzli mukofotlardan biri hisoblanadi. «Oltin ot» festivali Taybeyda 6–22 noyabr kunlari oʻtdi.