Turkiya delegatsiyasi Samarqanddagi sud ekspertizasi markaziga tashrif buyurdi
Turkiya Adliya vazirligi delegatsiyasi Sud ekspertizasi markazining Samarqand boʻlimiga tashrif buyurdi. Tomonlar tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi.

Tashrif 2026-yil 24-noyabr kuni boʻlib oʻtdi. Mehmonlarga boʻlim faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, ekspertizalarni oʻtkazish tartibi va laboratoriyalar imkoniyatlari taqdim etildi. Delegatsiya qoʻllanilayotgan usul va texnologiyalar, moddiy-texnik baza hamda mutaxassislar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi.
Uchrashuv ishtirokchilariga ekspertlarning kasbiy salohiyati va amaliy tajribasi namoyish etildi. Sud-ekspertlik faoliyatiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, xorijiy tajribani oʻrganish va amaliy bilim almashish masalalari alohida muhokama qilindi.
X. Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Samarqand viloyat boʻlimi mudiri G. Abdujalilov tomonlar turkiyalik hamkasblar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va tajriba almashishni davom ettirish imkoniyatini koʻrib chiqqanini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday tashriflar mutaxassislarga yangi yondashuvlarni oʻzlashtirish va malakalarini oshirishga yordam beradi.



