Mirra Andreyeva ESPN talqiniga koʻra tennisda yil kashfiyoti deb topildi
Tennischi Mirra Andreyeva ESPN talqiniga koʻra yil kashfiyoti deb topildi. U 2026 yilgi mavsumni toʻrtta turnir gʻalabasi va jahon reytingidagi ikkinchi oʻrin bilan yakunladi.
25-noyabr, 18:04По-русски

matchtv.ru
19 yoshida Andreyeva «Rolan Garros» va WTA yakuniy turnirida chempion boʻldi, shuningdek Linz va Adelaida musobaqalarida gʻalaba qozondi. Bundan tashqari, WTA 1000 toifasidagi ikki turnir finalida oʻynadi.
ESPN rossiyalik tennischi mavsumni yakuniy turnirdagi ishonchli gʻalaba bilan tugatgani, «Rolan Garros»da esa faqat bir setda yutqazganini qayd etdi. Nashr yilning eng yaxshi tennischisi deb germaniyalik Aleksandr Zverevni, eng yaxshi tennischi ayol deb qozogʻistonlik Yelena Rybakinani atadi.



