48-hafta · 2026Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekistonda harorat keskin oʻzgaradi: hafta oxirida sovuq tushadi

Oʻzgidromet ayrim hududlarda yomgʻir yogʻishi va ish haftasi oxirida havo sovishini prognoz qilmoqda: kunduzgi harorat 22–27 darajadan 10–15 darajagacha pasayadi.

24-noyabr, 11:34По-русски

Read in English

Oʻzbekistonda 23–27 noyabr kunlari ob-havo beqaror boʻladi. 23 noyabr kechqurun va 24 noyabr kunduzi shimoli-gʻarbiy hududlar hamda eng janubiy joylardan tashqari ayrim hududlarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shundan soʻng asosan quruq ob-havo kuzatiladi, biroq 26 noyabr kuni Qoraqalpogʻistonda, shu kunning kechquruni va 27 noyabrga oʻtar kechasi Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida yomgʻir yogʻadi.

Kunduzgi harorat 22–27 darajadan 10–15 darajagacha pasayadi, kechasi esa asosan 8–13 daraja boʻladi. Sharqiy shamol gʻarbiy shamolga oʻzgarib, 13–18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda changli yerusti shamoli kuzatilishi mumkin. 23 noyabrda shamolning kuchli zarbalari 20–22 m/s gacha yetishi mumkin.

Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir va qor yogʻishi kutiladi, 24 noyabr kuni yogʻingarchilik kuchli boʻlishi mumkin. Toshkentda 24 noyabr kuni yomgʻir yogʻadi, kunduzgi harorat 15–17 darajagacha pasayadi. 25–26 noyabr kunlari 19–24 daraja, 27 noyabr kuni esa 10–15 daraja iliq boʻladi.