48-hafta · 2026Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

«Atletiko» murabbiyi Simeone La Ligadagi gʻalabalar rekordini yangiladi

Diego Simeone «Atletiko» boshqaruvida La Ligadagi 345-gʻalabasini qoʻlga kiritib, Luis Aragonesning rekordini yangiladi.

24-noyabr, 11:33По-русски

Read in English

bbc.co.uk

Yakshanba kuni Ispaniyaning Xetafe shahrida «Atletiko» shu nomdagi klubni 3:0 hisobida magʻlub etdi, Diego Simeone esa Ispaniya chempionatida rekord oʻrnatdi. Argentinalik murabbiy La Ligadagi 567 uchrashuvda 345 ta gʻalabaga erishdi — bu Luis Aragonesnikidan bitta gʻalaba koʻp. Aragones bunday natijaga erishish uchun 189 ta oʻyin koʻproq oʻtkazgan.

«Bu meni baxtli qiladi. Buning ortida nihoyatda katta mehnat turibdi», — dedi Simeone. 13 turda 10 ta gʻalabadan soʻng uning jamoasi turnir jadvalida uchinchi oʻrinda bormoqda.

56 yoshli murabbiy «Atletiko»ni 2011-yil dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qoʻl ostida klub Yevropa Ligasi, UEFA Superkubogi, Ispaniya kubogi va La Liganing ikkita chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi. Madrid jamoasi Chempionlar Ligasi finaliga ham chiqdi, biroq 2014-yilda qoʻshimcha vaqtda, 2016-yilda esa penaltilar seriyasida «Real»ga ikki marta yutqazdi.

Simeonening soʻnggi sovrini 2021-yildagi chempionlik unvoni boʻlgan. Uning shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi, shu bois «Atletiko» muxlislari murabbiyning klubdagi faoliyatini davom ettirish haqidagi qarorini kutishiga toʻgʻri keladi.