48-hafta · 2026Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Namangan viloyatidagi maktabda oʻquvchilar mushtlashganidan soʻng oʻqituvchi jarimaga tortildi

Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 46-maktabda ikki toʻqqizinchi sinf oʻquvchisi mushtlashganidan soʻng jismoniy tarbiya oʻqituvchisiga oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima solindi.

25-noyabr, 11:43По-русски

Read in English

Hodisa 18 noyabr kuni beshinchi dars vaqtida 9-«A» sinfida yuz bergan. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xabar berdi. Ikki oʻquvchi janjallashib, mushtlasha boshlagan. Oʻqituvchi ularni bir necha bor ajratishga uringan, biroq aralashuv paytida jismoniy kuch ishlatgan. Tekshiruvda oʻquvchilar ham pedagogga nisbatan kuch ishlatishga uringani aniqlangan.

Mojaroga munosabat bildirish chogʻidagi oʻqituvchi harakatlari pedagogik etika va kasbiy xulq-atvor qoidalarini buzgan deb topildi. Mehnat kodeksining 312-moddasi 2-qismiga asosan unga oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima koʻrinishidagi intizomiy jazo tayinlandi.

Oʻquvchilarning ota-onalariga nisbatan chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat yuborildi. Masala voyaga yetmaganlarni tarbiyalash va oʻqitish boʻyicha ota-onalar majburiyatlari bilan bogʻliq Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi doirasida koʻrib chiqilmoqda.