«Ikki ochko yoʻqotdik». Arteta «Arsenal»ning «Nyukasl» bilan durangini izohladi
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Nyukasl» bilan 2:2 hisobidagi durangni ikki ochko yoʻqotish deb atadi va jamoaning birinchi boʻlimdagi kuchli oʻyinini taʼkidladi.
23-noyabr, 12:24По-русски

championat.com
Arteta londonliklar uchrashuv taqdirini tanaffusgacha hal qilishi mumkin edi, deb hisoblaydi. Uning aytishicha, «Arsenal» mudofaada yuqori shiddat bilan harakat qildi, raqibning qayta joylashuvlarini tushundi va hujumlar uchun boʻsh zonalarni topdi.
Murabbiy bunday oʻyin darajasida jamoa uch yoki toʻrt toʻp farqi bilan oldinda boʻlishi kerak edi, dedi. Tanaffusdan keyin «Nyukasl» bunga munosabat bildirdi va uchrashuv kechishini oʻzgartira oldi.



