AQShda nosozlik sabab qariyb 3,5 ming aviareys kechiktirildi
22 noyabr ertalabgi texnik nosozlik AQSh aeroportlarida qariyb 3,5 ming reysning kechikishiga sabab boʻldi. Cheklovlar Delta Air Linesʼga taʼsir qildi.
23-noyabr, 15:22По-русски

newspic.ru
Reyslarni vaqtincha toʻxtatishni dastlab Delta Air Linesʼning oʻzi joriy qildi. FAA maʼlumotlariga koʻra, cheklovlarni uzaytirish ehtimoli oʻrtacha deb baholangan. Bu maʼlumotlar OAV xabarlarida keltirilgan.
Bu AQSh aviatsiya tizimida soʻnggi haftalardagi ikkinchi yirik nosozlikdir. 13 noyabr kuni FAA mamlakat aeroportlaridan uchib ketuvchi reyslarga ham vaqtinchalik cheklovlar joriy qilgan. Oʻshanda 8 232 ta reys kechiktirilgan, yana 7 423 tasi bekor qilingan. Muammolar jami 15,6 mingdan ortiq reysga taʼsir koʻrsatgan.



