Belle and Sebastian Matador Records bilan global katalog bitimini imzoladi
Matador Records Belle and Sebastian guruhining toʻliq katalogiga jahon huquqlarini oldi. Ilk reliz — ilgari chiqarilmagan qoʻshiqlar va demolar qoʻshilgan If Youʼre Feeling Sinisterʼning 30 yillik nashri.

Bitim guruhning leybl bilan 1998 yilda boshlangan hamkorligini davom ettiradi: oʻshanda Matador Shimoliy Amerikada The Boy With The Arab Strapʼni chiqargan, keyin esa guruhning debyuti Tigermilkʼni qayta nashr etgan.
If Youʼre Feeling Sinister, The Boy With The Arab Strap va Push Barman to Open Old Wounds Volume 1 toʻplamidagi toʻrtta EP Bella Figura Musicʼdan litsenziyalanadi. Bu yozuvlar Bella Figura va Matador Records belgilari ostida chiqadi.
Dear Catastrophe Waitress, The Life Pursuit, Write About Love va The Third Eye Centre, shuningdek ular bilan bogʻliq EP va singllar guruhdan bevosita litsenziyalanadi hamda butun dunyoda Matador/Rough Trade brendi ostida chiqariladi. Qolgan yozuvlar, jumladan Tigermilk, Storytelling, A Bit of Previous va Late Developers ham Matador brendi ostida nashr etiladi.
Press-relizga koʻra, katalogning yangi qayta nashrlari va kengaytirilgan versiyalari 2027 yilda kutilmoqda. Soʻnggi paytlarda Matador Pavement, Spoon va Interpol yozuvlariga ham huquqlarni oldi.
Yana oʻqing

Jon Lennon 1968-yilgi avval eʼlon qilinmagan The Beatles suratlarida saksofon chalmoqda
Madaniyat09:53
Disney «Avatar 4» va «Avatar 5» yaratilishini tasdiqladi — filmlar chiqadi
Madaniyat26-noyabr, 16:48
