Xorijiy OAV Oʻzbekiston pavilonini Venetsiya biennalesining eng yaxshilari qatoriga kiritdi
Oʻzbekistonning The Aural Sea milliy ekspozitsiyasi Observer, Domus va ArtReview baholariga koʻra, 61-Venetsiya biennalesining eng yaxshi pavilyonlari roʻyxatlaridan joy oldi.

Venetsiyada 61-Xalqaro zamonaviy sanʼat koʻrgazmasi yakunlari eʼlon qilindi. Gʻoliblarni tashrif buyuruvchilar tanladi: eng yaxshi milliy pavilon deb Hindiston ekspozitsiyasi topildi, asosiy koʻrgazmaning eng yaxshi rassomi esa amerikalik haykaltarosh Nik Keyv boʻldi.
Oʻzbekistonning The Aural Sea loyihasini Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi taqdim etdi. Arsenal makonidagi ekspozitsiyada Oʻzbekiston, Xitoy va Vyetnam rassomlari, shuningdek, britan-yapon dueti A.A. Murakami asarlari jamlangan. Loyiha markazida Orol dengizidagi ekologik halokat turadi; mualliflar bu mavzuni rangtasvir, ovoz, haykaltaroshlik va interaktiv installyatsiyalar orqali ochib bergan.
Observer pavilonni eng yaxshi milliy ekspozitsiyalar roʻyxatiga kiritib, Sharq va Gʻarb rassomlari dialogi, shuningdek, mifologiya va jamoaviy xotiraga murojaatni qayd etdi. Italiyaning Domus jurnali Oʻzbekistonning sanʼat, arxitektura va dizayn orqali jahon madaniy xaritasida boʻlishi ustida izchil ish olib borayotganini taʼkidladi. Britaniyaning ArtReview nashri loyiha badiiy shakllarining xilma-xilligini qayd etdi.
Milliy pavilondan tashqari, Oʻzbekiston Palazzo Frankettida Vyacheslav Axunovning Instruments of the Mind shaxsiy koʻrgazmasini ham taqdim etdi. U biennalening rasmiy parallel dasturiga kiritildi.



