Qozogʻistonda sunʼiy intellekt: amaliy natijaga yoʻnaltirilgan
Qazinnovations raisi Sanat Joldyhan Qozogʻistonda sunʼiy intellekt rivoji haqida gapirdi: davlat raqamli infratuzilma yaratib, innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini oʻzgartirmoqda.

Joldyhanning aytishicha, Qozogʻiston sunʼiy intellektni sanoat, energetika, transport, qishloq xoʻjaligi, taʼlim va davlat boshqaruvi uchun vosita sifatida koʻrmoqda. 2026-yil oktabriga kelib, axborot tizimlarini yagona QazTech platformasiga oʻtkazish rejasi 92 foiz bajarildi.
Mamlakatda superkompyuter quvvatlari hamda KazLLM, AlemLLM va Sherkala milliy til modellari rivojlantirilmoqda. Ekibastuzdagi «Maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari vodiysi» loyihasi 100 mingtagacha grafik protsessordan foydalaniladigan infratuzilma yaratishni nazarda tutadi. Iyun oyida Firebird va NVIDIA kompaniyalari bilan 10 mlrd dollarlik kelishuvlar paketi imzolandi.
Yana bir yoʻnalish — ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish. Innovatsiyalarni rivojlantirish konsepsiyasi fan va biznesning yaqinroq hamkorligini, texnologiyalar transferi va venchur moliyalashtirishni, shuningdek bozorga chiqish uchun hali resurslari yetishmaydigan loyihalarni qoʻllab-quvvatlashni koʻzda tutadi. Prezident huzurida xalqaro mutaxassislar ishtirokida Sunʼiy intellektni rivojlantirish kengashi ham tuzildi.
Joldyhan Qozogʻiston kompaniyalariga misol sifatida Higgsfield AIʼni tilga oldi. Kompaniya generativ sunʼiy intellekt yordamida tasvirlar va videokontent yaratish platformasini ishlab chiqqan.
Yana oʻqing

NASA saraton, mushak atrofiyasi va oʻsimlik yetishtirish boʻyicha tadqiqotlar uchun uskunalarni XKSga yuboradi
Texnologiyalar10:19
GitHub GTA 6’ni kompyuterda ishga tushirishga urinishlar fonida AnyPS5 loyihasi haqidagi postni oʻchirdi
Texnologiyalar10:10
