48-hafta · 2026Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

2027-yildan birinchi sinf oʻquvchilarini yangi alifboda oʻqitish rejalashtirilmoqda

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida 2027/2028-oʻquv yilidan boshlab birinchi sinf oʻquvchilari uchun yangi darsliklar va savodxonlikni tekshirishda vaqtinchalik yengilliklar nazarda tutilgan.

23-noyabr, 12:43По-русски

Read in English

2027–2031-yillarda 1–11-sinflar uchun darsliklar va oʻquv-uslubiy majmualarni takomillashtirilgan lotin alifbosiga moslashtirish hamda ularni maktablarda bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilmoqda.

2028-yil 1-avgustgacha 5–11-sinf oʻquvchilarining imlo savodxonligini baholashni yumshatish taklif etilmoqda. Loyihaga koʻra, xuddi shu tartib yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida ham qoʻllanadi.

2027-yildan pedagoglar uchun yangi alifbo va imlo qoidalariga bagʻishlangan kurslar, seminar-treninglar hamda vebinarlar oʻtkazish rejalashtirilmoqda.