Psixolog ijtimoiy soatlar nimasi bilan xavfli ekanini aytdi
Psixolog Nika Bolzan nikoh, martaba va oila uchun «toʻgʻri» yosh haqidagi kutilmalar hayotni keyinga surish va kamsitishga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

«Ijtimoiy soatlar» — inson maktabni qachon tugatishi, turmush qurishi, uy-joy sotib olishi yoki oila qurishi kerakligi haqidagi tasavvurlardir. Bolzanning aytishicha, odamlar bunday maqsadga erishish hayotini qanchalik oʻzgartirishini koʻpincha ortiqcha baholaydi.
Shu sababli hayotni keyinga surish holati yuzaga keladi: inson baxtini kelajakdagi voqea — lavozimda koʻtarilish, kvartira sotib olish yoki oila qurish bilan bogʻlaydi. Erishilgan maqsad faqat qisqa muddatli yengillik berishi mumkin, shundan soʻng navbatdagi majburiy «bosqich» paydo boʻladi.
Qatʼiy ijtimoiy meʼyorlar hukmron jamiyatlarda bu bosim yoshga doir kamsitishga aylanishi mumkin. Ekspert bunga 35 yoshdan oshgan nomzodlarni rad etish hamda ayollarga farzand koʻrishga «allaqachon kech» ekani haqidagi gaplarni misol qilib keltirdi.



