Discovery Campus rahbari kino taʼlimi va industriyani bogʻlamoqchi
Tallinndagi Discovery Campus rahbari, kinematograf Dhanushka Gunathilake, dasturni yil boʻyi ishlaydigan shaklga kengaytirib, yosh isteʼdodlar bazasini yaratmoqchi.

Discovery Campus har yili qariyb 70 nafar boshlovchi mutaxassis — rejissyor, prodyuser, operator, postanovkachi rassom va bastakorni qabul qiladi. Ular Tallinndagi «Qorongʻi tunlar» kinofestivali maydonida mahorat darslari va amaliy mashgʻulotlarda qatnashadi. Gunathilake kino taʼlimi bilan kino industriyasi oʻrtasidagi tafovutni kamaytirishni dasturning vazifalaridan biri deb biladi.
Uning soʻzlariga koʻra, bitiruvchilar savdo agentlari, distribyutsiya va auditoriyani oʻrganish qanday ishlashini har doim ham tushunmaydi. Shu bois Discovery Campusda ularga film ishlab chiqarish tugagach, uning keyingi taqdiri haqida tushuntiriladi. Yana bir yoʻnalish — mentorlik: yosh mualliflar loyihalarini tajribali kinematograflar bilan muhokama qilishi mumkin.
Gunathilake ispaniyalik operator ayol oʻz ishi haqida «Neverlendni izlash» va «Mehr-oqibat kvanti» filmlari operatori Roberto Shefer bilan suhbatlashganini misol keltirdi. Bu yil qatnashchilar orasida «Sentimental qiymat» filmi kasting direktori Ingvill Haga, operator Julio Macat va ssenarist Christopher Hampton ham bor edi.
Jamoaning yaqin besh yilga rejasi bor: avval Discovery Campusni yil boʻyi ishlaydigan dasturga aylantirish, keyin boshlovchi mutaxassis izlayotgan rejissyorlar va prodyuserlar uchun isteʼdodlar bazasini yaratish.
Yana oʻqing

Jon Lennon 1968-yilgi avval eʼlon qilinmagan The Beatles suratlarida saksofon chalmoqda
Madaniyat09:53
Disney «Avatar 4» va «Avatar 5» yaratilishini tasdiqladi — filmlar chiqadi
Madaniyat26-noyabr, 16:48
