Yangi GeForce drayveri qora ekranlarga sabab boʻlmoqda
GeForce Game Ready 621.40 oʻrnatilganidan soʻng RTX 50 egalari qora ekranlar, signal yoʻqolishi va tashqi monitorlar ishlamay qolayotgani haqida xabar bermoqda. Yangilanish SSDʼga maʼlumot yozish bilan bogʻliq muammoni tuzatishi kerak edi.

Nosozliklar DisplayPort, HDMI va USB-C portlariga taalluqli. Ayrim foydalanuvchilarda monitor ulanganda aniqlanmaydi yoki uyqu rejimidan chiqmaydi. RTX 50 egalaridan biri tashqi ekran taxminan holatlarning yarmida paydo boʻlishini aytdi — tasvirni tiklash uchun kabelni qayta ulash yoki kompyuterni qayta ishga tushirishga toʻgʻri keladi.
Muammolar bir nechta monitor ulangan tizimlarda ham yuzaga kelmoqda. DisplayPort — HDMI adapterlari orqali ulangan qoʻshimcha ekranlarda foydalanuvchilar rangli artefaktlarning qisqa chaqnashlarini kuzatmoqda. Ular videokarta bekor turish rejimida videoxotira chastotasini pasaytirganda paydo boʻladi. Shunga oʻxshash, ammo kamroq uchraydigan nosozliklar 621.14 va 621.24 drayverlarida ham qayd etilgan.
Foydalanuvchilar 621.40 versiyasidan voz kechib, GeForce Game Ready 617.42 ni oʻrnatishni tavsiya qilmoqda. Nashr mualliflari SSD bilan bogʻliq muammolar va qora ekranlar nuqtai nazaridan bu versiyani RTX 40 va RTX 50 uchun eng barqaror deb hisoblaydi. Drayverni oʻchirish uchun Windowsʼning xavfsiz rejimida Display Driver Uninstaller dasturidan foydalanish tavsiya etiladi.
Yana oʻqing

NASA saraton, mushak atrofiyasi va oʻsimlik yetishtirish boʻyicha tadqiqotlar uchun uskunalarni XKSga yuboradi
Texnologiyalar10:19
GitHub GTA 6’ni kompyuterda ishga tushirishga urinishlar fonida AnyPS5 loyihasi haqidagi postni oʻchirdi
Texnologiyalar10:10
