48-hafta · 2026Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

Latviyada dron havo hududini buzganiga doir xabar berildi

Latviya Mudofaa vazirligi 27 noyabr kechasi dron mamlakat havo hududiga qisqa muddat kirganini bildirdi. NATO qiruvchilari shay holatga keltirilib, tutuvchi dron uchirildi.

27-noyabr, 15:09По-русски
armyrecognition.com

Latviya Qurolli kuchlari dronni davlat chegarasi yaqinida aniqladi. Vazirlik maʼlumotiga koʻra, apparat mamlakat hududida qisqa vaqt boʻlgan.

Bunga javoban Boltiqboʻyi davlatlari havo hududini patrullash boʻyicha NATO missiyasi qiruvchilari shay holatga keltirildi. Shuningdek, NATO Qurolli kuchlarining tutuvchi droni uchirildi. U parvozdan soʻng uchirilgan joyiga qaytdi. Havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari zudlik bilan javob berishga tayyor edi. 27 noyabr tongiga kelib, Latviya havo hududiga tahdid qolmadi.