48-hafta · 2026Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

«Shan-Chi 2» ssenariysi ishlab chiqilmoqda

Ssenariynavis Deyv Kallaxem «Shan-Chi va oʻn uzuk afsonasi» filmining ikkinchi qismi ustida ishlayotganini aytdi. Loyiha dastlabki bosqichda.

27-noyabr, 15:29По-русски

Read in English

9to5marvel.com

«Hammasi dastlabki bosqichda, ammo oldinga siljiyapmiz», — dedi Kallaxem Escape Hatch podkastida. U Marvel Studiosning birinchi filmi ssenariysi ustida ishlashda ham qatnashgan.

Dastin Deniel Kretton rejissyorligidagi «Shan-Chi va oʻn uzuk afsonasi» 2021 yilda chiqdi va jahon prokatida 432 mln dollar toʻpladi. Marvel davomini ishlab chiqish haqida ilk bor 2021 yil dekabrida xabar bergan, biroq film hali ishlab chiqarishga tushirilmagan.

Simu Liu ijro etgan qahramon AQShda 18 dekabrda chiqadigan «Qasoskorlar: Doktor Dum» filmida paydo boʻlishi kerak.