48-hafta · 2026Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Namanganda Qizil kitobga kiritilgan ikki yirtqich qush bilan erkak ushlandi

Namanganda erkak 160 dollarga balobanni sotishga uringan paytda ushlandi. Uning uyi hovlisidan qirgʻiy ham topildi.

27-noyabr, 18:15По-русски
t.me

Namanganda ekologiya politsiyasining tezkor guruhi va ichki ishlar organlari xodimlari «Yangi asr» mahallasida reyd oʻtkazdi. Erkak lochinsimonlar oilasiga mansub yirtqich qush — balobanni sotishga uringan paytda ushlandi.

Ikkinchi qush — qirgʻiylar oilasiga mansub qirgʻiy — uyning hovlisida boʻlgan. Har ikki qush Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi ixtisoslashtirilgan pitomnikka topshirildi.

Namangan viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, baloban va qirgʻiy Oʻzbekiston Qizil kitobiga hamda Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil roʻyxatiga kiritilgan. Hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 1,3 mlrd soʻmdan ortiq deb baholandi. Toʻplangan materiallar va ashyoviy dalillar prokuraturaga yuborildi.