48-hafta · 2026Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Yangi Toshkentda Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro universitetini qurish rejalashtirilmoqda

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro universitetini ochish rejalari haqida maʼlum qildi. Uni qurish uchun 20 gektar yer ajratiladi.

27-noyabr, 18:36По-русски

Read in English

centralasiaplus.aero

Kampusda oʻquv-simulyatsiya majmualari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarini joylashtirish rejalashtirilmoqda.

Mahalliy uchuvchilarni oʻqitadigan va ularni ishga qabul qiladigan aviakompaniyalar uchun imtiyozlar joriy etiladi. Ular jalb qilgan xorijiy mutaxassislar uchun ijtimoiy soliq 1 foizgacha kamaytiriladi, ishlashga ruxsatnoma olish yigʻimi esa 30 baravar qisqartiriladi. Havo kemalari sonini kelasi yili 150 tagacha, 2030 yilgacha esa kamida 250 tagacha oshirish rejalashtirilmoqda.

2030 yilgacha xalqaro aeroportlar mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi. Xalqaro aeroportlar tejab qolingan mablagʻlarni infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltirishi kerak. Poytaxt bilan aglomeratsiyaning unga tutash hududlari oʻrtasidagi uzunligi 20 kilometrgacha boʻlgan avtobus yoʻnalishlari yalpi shartnomalarga oʻtkaziladi. Sigʻimi 100 ta avtobusdan boshlanadigan avtobus parklarini qurish xarajatlarini soliqqa tortiladigan bazadan chegirishga ruxsat beriladi.

Kelgusi ikki yil ichida Toshkent metrosi uchun 28 ta besh vagonli poyezd xarid qilish rejalashtirilmoqda. Amaldagi yana 40 ta toʻrt vagonli tarkib qayta jihozlanadi.